O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan xalq ta’limi va oliy ta’lim integratsiyasini amalga oshirish maqsadida Urganch davlat universiteti xalq ta’limi tizimidagi o‘qituvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 2019- yil 18- noyabr kuni Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida mahorat darslari o‘tkazildi. Unda O‘zbek tilshunosligi professor-o‘qituvchilari dots. S.Ro‘zimboyev va dots, PhD. Q.Olloyorovlar 27-son o‘rta umumta'lim maktabida "O‘zbek tili - millatning ruhi" mavzusida mahorat darsi o‘tkazdilar. Bundan keyin ham maktab-oliy ta’lim muassasasi hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida fanlar bo‘yicha maktab jamoalari uchun mahorat darslarini o‘tkazishga kelishib olindi.