Bugun Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan “Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati. Anushtegin Xorazmshohlar sulolasining o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan Jumabek Tashenev nomidagi Qozog’iston davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i Shahlo Naraliyeva bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida ta'lim sohasida xalqaro hamkorlik an'analarini rivojlantirish, ta’lim va ilm-fan rivojiga ko‘maklashish hamda ularning o‘zaro aloqadorligini mustahkamlash borasida ikki tomon uchun ham mafaatli hamkorlik qilishga kelishildi va shartnoma imzolandi.
Ushbu kelishuv bakalavriat, shuningdek, magistratura va doktoranturaning barcha ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatida o‘zaro manfaatli biznes hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, oliy ta'lim va fan integratsiyasiga erishish, birgalikda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari va kurslarini yaratish, ilmiy-tadqiqot, axborot va boshqa loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni koʻzda tutadi.