Joriy yil 20-may kuni “Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati. Anushtegin Xorazmshohlar sulolasining o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni” mavzusida bo'lib o'tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya kun tartibining yakuniga muvofiq, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan kelgan delegatlarga, shuningdek, yurtimizning turli hududlaridan ishtirok etayotgan olimlarga sertifikatlar va esdalik sovg'alari topshirildi.