Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Kimyoviy texnologiyalar fakultetida bo'lib, fakultet professor-o'qituvchilarining innovatsion loyihalari yuzasidan taqdimotini tingladi.
Uchrashuvda “Qurilish materiallari uchun rangli pigmentlar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyasini Xorazm viloyatida joriy qilish”, “Urganch shahrida shlaka blok ishlab chiqarish”, “Oziq-ovqat sanoati uchun sopol idishlar ishlab chiqarish”, “Import o‘rnini bosuvchi ta’lim muassasalari va bolalar bogʻchalari uchun bor ishlab chiqarish”, “Toʻqimachilik korxonalari chiqindilari asosida qurilish materiallari olish” singari 24 ta loyiha taqdimot qilindi.
Rektor fakultet olimlarining ilmiy-innovatsion ishlanmalari ahamiyati va ishlab chiqarishdagi oʻrni, soha rivojiga hissiga alohida eʼtibor qaratdi.