Urganch davlat universitetida Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniyat vazirligi bilan hamkorligida 2023-yil 15-17-iyun kunlariga mo‘ljallangan “Barqaror rivojlanishdagi qonunchilik va barqaror iste’mol modellari hamda turistik mahallalar va mennonitlar turistik kompleksini rivojlantirish” mavzusidagi seminar boshlandi.
Bugun seminarning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda UrDU rektori B.Abdullayev hamda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozovlar soʻzga chiqib, Xorazmda turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, Urganch davlat universitetida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha toʻxtaldilar.
Seminarda Xorazm viloyati turizm sohasida faoliyat yuritayotgan turistik korxonalar vakillari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etmoqda.