Fransiyaning “AGIRabcd” NNT ning sharq mamlakatlari menejeri UrDUda

Bugun Urganch davlat universitetiga Fransiyaning “AGIRabcd” NNT ning sharq mamlakatlari menejeri Luc Solente  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi vakili S.Rahmanov hamrohligida tashrif buyurdi. 

Tashrif chogʻida “AGIRabcd” NNT menejeri Luc Solente  hamda universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, “Roman-german filologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda mehmonga Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, mavjud yoʻnalishlar, xalqaro hamkorlik, xususan, Fransiya OTMlari bilan mavjud hamkorlik aloqalari,  loyihalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Menejer Luc Solente tomonidan universitetning o‘quv jarayoniga volontyor ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi. 

urdu.uz, Fransiyaning “AGIRabcd” NNT ning sharq mamlakatlari menejeri UrDUda