QS reyting tashkiloti tomonidan seminar-trening o'tkazildi

Bugun, 20-iyun sanasida Urganch davlat universitetida "QS World University Rankings by Subject 2023" mavzusida QS reyting tashkilotining mintaqaviy konsultantlari Dara Bukhtoyarova va Nilly Castano tomonidan seminar-trening o'tkazildi. 

Seminarda UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov, Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'yicha bo'lim boshlig'i S.Raximov va fakultetlarning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha dekan o'rinbosarlari ishtirok etdilar. 

Seminarda fan sohalari reytinggi metodologiyasini tushuntirish boʻyicha maʼruzalar tinglandi. QS reyting tashkiloti bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Trening davomida qatnashuvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

urdu.uz, QS_reyting

urdu.uz, QS_reyting'urdu.uz, QS_reyting