Ayni paytda abituriyentlar Amaliy sanʼat: badiiy kulolchilik (kunduzgi), Rangtasvir: dastgohli (kunduzgi), Sport faoliyati: basketbol (kunduzgi) hamda Sport faoliyati: futbol (kunduzgi) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sinovlarda ishtirok etmoqda.
Imkoniyati cheklangan yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida sinov jarayonlariga surdotarjimonlar jalb qilingan.
Ijodiy imtihonlarni adolatli, shaffof oʻtkazilishini nazorat qilish maqsadida Vazirlikning mas'ul xodimlari, Urganch davlat univeriteti maʼmuriyati va Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens – nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi jarayonlarni kuzatib bormoqdalar.