Joriy yil 22-avgust kuni Xorazm viloyati hokimi J.Raximov rahbarligidagi delegatsiya Turkiyaning Aydin shahrida joylashgan Aydin Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida boʻldi.
Ushbu ilmiy-tadqiqot institutining bugungi kundagi faoliyati, xususan, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash maqsadida institutda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. G‘o‘za genetikasi, urug‘chiligi, paxtachilik agrotexnologiyalarining ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish, shu asosda ilmiy-texnik mahsulotlar ishlab chiqish institutning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Delegatsiya aʼzolari institut olimlari bilan birgalikda muassasaga tegishli dala tajriba maydonlarida ham boʻlib, paxtani yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish ishlari bilan tanishdilar, oʻzaro tajriba almashish imkoniga ega boʻldilar.
Delegatsiya tarkibida UrDU rektori B.Abdullayev ham jarayonlarda ishtirok etmoqda.