Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning universitetga biriktirilgan Shovot tumanida yashovchi, qizil toifaga kiruvchi yoshlarning xonadonlariga tashriflari davom etmoqda.
Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash eng dolzarb masalaga aylanmoqda. Ana shunday xayrli ishlarning uzviy davomi boʻlgan navbatdagi tashrif bugun, 9-sentabr kuni boʻlib oʻtdi.
Bir guruh masʼullar nogironligi boʻlgan yoshlar, jumladan, Shovot tumani “Qoʻshkoʻpir” mahallasida yashovchi Alimov Nurbek va Baxtiyorova Farangizning, “Poʻlat” mahallasida yashovchi Yusupova Shahnozaning xonadonlarida boʻldilar.
Tashrif chog'ida rektor yoshlar va ularning oila aʼzolari bilan samimiy suhbat qurib, ularni qiynayotgan muammolari, qiziqishlari haqida so'radi. Ijtimoiy ahvolini oʻrganib, Nurbek va Farangizxonga moddiy yordam tariqasida pul mablagʻlari, Shahnozaga esa kompyuter sovgʻa qildi.