Ingliz tili oʻqitishda xalqaro hamkorlik

2023-yilning 14-sentabr kuni Urganch davlat universitetiga AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillaridan David Kiersk, Muhlisa Rasulova va Hamid Inomxodjayevlar tashrif buyurdi.
Dastlab mehmonlarning Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani I.Abdullayev va Xorijiy filologiya fakulteti o‘qituvchisi F.Masharipova bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  Ayni paytda "Iqtisodiyot" kafedrasida dars mashg‘ulotdarini olib borayotgan AQShning Fulbright dasturi doirasida Bloomsburg universitetidan tashrif buyurgan professor Razzaghi Mehdi faoliyati bilan tanishishdi.

Shundan soʻng, Xorijiy filologiya fakultetining Roman-german filologiyasi kaferasi bilan tanish maqsadida fakultetda boʻldilar. Endilikda mutaxassis Rachel Baird –Alahmad “English  Language Fellow” dasturi doirasida 10 oy muddatga ushbu kafedrada dars mashg‘ulotlari olib boradi. Rachael Baird talabalarga Tinglab tushunish, og'zaki muloqot, oʻqish va yozma nutqi amaliyoti, Tillar o'qitish metodikasi hamda Ta'lim texnologiyalari fanlaridan dars beradi.

Shuningdek, mehmonlar universitetda yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar.  Talabalarning dars mashgʻulotlarini kuzatdilar. Ayniqsa, yangi barpo etilgan oʻquv binosi mehmonlarimizning diqqatini tortdi.

urdu.uz, Ingliz tili oʻqitishda  xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Ingliz tili oʻqitishda  xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Ingliz tili oʻqitishda  xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Ingliz tili oʻqitishda  xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Ingliz tili oʻqitishda  xalqaro hamkorlik