UrDU rektori oliygohda dars berayotgan bir guruh xorijlik professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi

Urganch davlat universitetida taʼlim jarayonlarini yanada sifatli tashkil etish maqsadida jahonning koʻplab nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, dars jarayonlariga xorijning salohiyatli professorlari jalb etilmoqda. Bugun, 22-sentabr kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayevning ana shunday bir guruh xorijlik professor-oʻqituvchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Xususan, iqtisodiyot yo'nalishlari bo'yicha AQShning Fulbright dasturi doirasida Bloomsburg universitetidan professor Razzaghi Mehdi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida, ingliz tilini 4 aspektda chuqur oʻrgatish boʻyicha “English Language Fellow” dasturi doirasida 10 oyga Rachel Baird –Alahmad  Xorijiy filologiya fakultetida shuningdek, zamonaviy taʻlim texnologiyalari bo'yicha Turkiya Respublikasining Ege davlat universiteti professori Nilay Dereobali Pedagogika fakultetida dars mashgʻulotlarini olib borishmoqda.

Rektor muloqotda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha  zamonaviy taʻlim texnologiyalari, xorijning taʻlim metodikasi va ilgʻor xorijiy tajribalar asosida tashkil etilayotgan dars mashgʻulotlaridan universitetimiz yoshlarining xursand ekanliklarini bildirib, olimlarga oʻz tashakkurini izhor qildi.

Uchrashuvda mazkur hamkor taʼlim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy aloqalarni tadbiq etish borasida soʻz yuritildi.

urdu.uz, UrDU rektori oliygohda dars berayotgan bir guruh xorijlik professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi

urdu.uz, UrDU rektori oliygohda dars berayotgan bir guruh xorijlik professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi

urdu.uz, UrDU rektori oliygohda dars berayotgan bir guruh xorijlik professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi