Bugungi kunda surdotarjimonlik faoliyati keng tarqalayotgan sohalardan biridir. Ushbu faoliyatga universitetimiz talabalari ham katta qiziqish bildirishmoqda.
Jumladan, Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazidagi surdotarjimonlik o'quv kurslarida Urganch davlat universitetining bir guruh talabalari va xodimlari ta'lim oldilar hamda qisqa muddatda surdo-pedagog sertifikatlarini qo'lga kiritdilar.
Endilikda bu talabalarimiz nogironligi bor tengqurlariga darslarni puxta o'rganishlarida yaqinda ko'mak berishiga aminmiz.