Malayziya xalqaro islom universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasidagi O‘zbekistonning madaniy merosini o‘rganish, betakror arxitektura namunalarini tadqiq etish, turizm tarmog‘ini kengaytirish va targ‘ib qilish yo‘nalishidagi kelishuvlarga binoan, 2023-yilning 18-sentabr – 1-oktabr kunlari Malayziya xalqaro islom universitetining 33 nafar Arxitektura fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiyasi universitetimizda bo‘lib turibdi.
Ayni kunlarda delegatsiya a’zolari ikki haftalik ilmiy-tadqiqot dasturi davomida universitetimizning “Arxitektura” kafedrasi bilan hamkorlikda Xiva shahrining madaniy meros obyektlari misolida “Ichan qal’a” majmuasi bilan yaqindan tanishish bilan birgalikda, ilmiy- tadqiqot ishlarni amalga oshirmoqdalar.