Joriy yil 28-sentabr kuni “Rektor kubogi” sport musobaqalarining “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan sportning mini-futbol turi boʻyicha universitet pedagog xodimlari oʻrtasida oʻtkazilib kelinayotgan “Universitet birinchiligi” musobaqasining Final oʻyini boʻlib oʻtdi.
Unda 3-oʻrin uchun maydonda Rektorat va Texnika fakulteti, finalda esa RTTM va Ijtimoiy -iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasi g’oliblik uchun o’zaro bellashdilar.
Natijalarga ko'ra:
1-o'rin - Ijtimoiy -iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasi;
2-o'rin - RTTM jamoasi;
3-o'rin - Rektorat jamoasi.
Musobaqa gʻoliblari Kasaba uyushma qoʻmitasining qimmatbaho sovgʻalari, medal va diplomlar bilan taqdirlandilar.