Bugun, 6-oktabr kuni ''XXI asr ayoli'' festivali doirasida “11-oktabr –Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Uragnch davlat universiteti talaba-qizlari oʻrtasida ''Zakovat'' intellektual o'yini o'tkazildi. Unda universitetning barcha fakultetlaridan 9 ta jamoa qatnashdi.
Qizg'in bellashuv natijalariga koʻra, 1-o'rin Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakultetining ''Gulchehralar'' jamoasiga, 2-o'rin Texnika fakultetining ''Barchinoy'' jamoasiga, 3-o'rin esa Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetining "Adolat'' jamoasiga nasib etdi. G'olib jamoalar Faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.