Bugun, 18-oktabr kuni “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida sportning badminton, workout, streetbol turlari boʼyicha “Muassasa birinchiligi” oʼtkazildi. Unda universitetning barcha fakultetidan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Musobaqalar Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hududida joylashgan, yangi foydalanishga topshirilgan sport kompleksida boʻlib oʻtdi.
Dastlab universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev hamda “Sport klub” raisi oʻrinbosari M.Rahimovlar musobaqalarni ochib berib, oʻyin qoidalari bilan tanishtirib oʻtishdi.
Shundan soʻng, musobaqalar qizgʻin davom etdi, gʻolib talabalar munosib taqdirlandi:
Workout:
Oliy o‘rin – Sport va San'at fakulteti talabasi Abdullayev Javohir
1-o‘rin – Texnika fakulteti talabasi Rashidov Amir
2-o‘rin – Texnika fakulteti talabasi To‘xtayev Javohir
3-o‘rin – Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Matkarimov Islombek
Streetbol:
Oliy o‘rin – Sport va San'at fakulteti
1-o'rin – Texnika fakulteti
2-o'rin –Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti
3-o'rin –Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti
Badminton:
Oliy o‘rin – Sport va San'at fakulteti talabasi Ro'ziboyeva Fotima
1-o'rin – Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talabasi O'rinova Manzura
2-o'rin – Texnika fakulteti talabasi Matsapayeva Shoxsanam
3-o'rin – Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabasi Maqsudova Zumrad.



