Talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ'ib qilish, kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirishni maqsad qilgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovi bugungi kunda universitetimiz yoshlarini o'z atrofiga jam qilmoqda.
UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan ushbu ko'rik-tanlovining yangi o'quv yiliga mo'ljallangan navbatdagi soni bugun, 27-sentabr kuni bo'lib o'tdi.