Bugun, 27-oktabr kuni UrDU Kimyoviy texnologiyalar fakultetining sport maydonlarida mahallalarning yoshlari oʻrtasida "Ta'lim muassasasi-mahalla uchun ma'naviyat o'chog'i" shiori ostidagi sport musobaqalarda 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqa Mini-futbol, Voleybol, Shaxmat, Shashka sport turlari bo'yicha o'tkazilib, unda Yangibozor, Shovot, Yangiariq, Urganch tumanlaridan kelgan yoshlar yuqori o'rinlarni egallashdi.
Gʻoliblar universitet rahbariyati tomonidan diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.