Bugun, 2-noyabr kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hududida joylashgan 7-son talabalar turar joyiga tashrif buyurib, sharoitlar bilan tanishdi va talabalarning muammolarini o′rgandi. Yashash xonalari, oshxona va yuvinish xonalarni ko′zdan kechirdi. Yotoqxonadagi mas'ul xodimlar bilan suhbatda bo'lib, mavjud kamchiliklar haqida so'radi.
Talabalar bilan muloqotda bo′lib, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Muammolari haqida qiziqdi.
Kuz-qish mavsumini talofatsiz o′tkazish maqsadida talabalarni texnika xavfsizlik qoidalariga qat′iy rioya qilishga chaqirdi.