Joriy yilning 2-noyabr kuni soat 11:00 da O'zbek filologiyasi fakultetining "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar o'tkazildi. Seminarda kafedra o'qituvchisi M.Otamuratova "Xosiyat Rustamova ijodida jahon she'riyati tamoyillarining qo'llanilishi mavzusini o'qitish usullari" haqida ma'ruza qildi. Mazkur ilmiy-nazariy seminarda kafedraning barcha professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.