Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo'lib turgan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bugun, 28-noyabr kuni Xitoyning Lanjou shahrida joylashgan Gansu qishloq xo'jaligi universitetiga tashrif buyurdi.
Ushbu universitetning Vitse prezidenti prof. Li Guang bilan kechgan rasmiy uchrashuvda universitetlar o'rtasida ta'lim va ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik qilish borasida kelishuvlarga erishildi.
Tomonlarning rasmiy muloqotidan so′ng, rektor B.Abdullayev Gansu qishloq xo'jaligi universitetining bugungi kundagi faoliyati, moddiy-texnika bazasi va universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.