Joriy yilning 4-dekabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi G.Qutlimuratova rus tili ta'lim yo'nalishi 212-guruh talabalariga "Klassik tillar (lotin tili)" fanidan ochiq amaliy mashg'uloti o'tkazdi. Mashg'ulot "Страдательный залог латинского глагола" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot jarayonida turli tarqatma materiallardan va videolavhalardan samarali foydalanildi. Dars yakunida talabalar "Гаудеамус" qo'shig'i bilan yakunlashdilar.
Darsda kuzatuvchi sifatida tyutor S.Babajanova ishtirok etdi va dars samarali tashkil qilingani to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.