Joriy yilning 9-dekabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi G.Qutlimuratova rus tili ta'lim yo'nalishi 211-guruh talabalariga "Hozirgi rus tili" fanidan ochiq amaliy mashg'uloti o'tkazdi. Mashg'ulot "Категории вида и времени глагола" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot jarayonida mavzu yuzasidan bayon qilingan ilmiy ma'lumotlar misollar orqali izohlanib, turli tarqatma materiallardan,bellashuv usulidan samarali foydalanildi va viktorina o'yini o'tkazildi.
Darsda kuzatuvchi sifatida Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi U.R.Maxmudov ishtirok etdi va dars samarali tashkil qilingani to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.