Navbatdagi ilmiy-nazariy seminar o'tkazildi

Joriy yilning 4-dekabr kuni  soat 10:00  318-xonada Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasining "Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari" nomli navbatdagi ilmiy-nazariy seminari bo'lib o'tdi.
Seminar yig'ilishida O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi S.Gulimmetova "Shahodat Isaxonovaning “Bibixonim” romanida obrazlar talqini" mavzusida ma'ruza qiladilar. Ilmiy-nazariy seminarda kafedraning barcha professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.