Urganch Davlat Universiteti "Kompyuter ilmlari kafedrasi" 2- bosqich tayanch doktoranti Mo‘minov Soxibjan Yunusovich 05.01.07– “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligi bo‘yicha “Noravshan muhitda o‘zaro diffuziya masalalarini sonli modellashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va Amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashida 2023 yil 3 noyabr kuni 100% bilan himoya qildi.