Xorazm viloyati vakillarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan amaliy tashrifi hamda Xitoyning yetakchi OAV da olib borilgan targ'ibot tadbirlari natijasida Xitoy Xalq Respublikasi Gansu viloyati bilan turizm sohasida hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev, prorektorlar hamda tegishli fakultetlar dekanlari ishtirok etdi.
Videokonferensiya davomida Xitoylik turizm sohasi vakillari viloyatimizning turistik jozibasiga katta qiziqish bildirdilar. Kelgusida Gansu viloyati turizm sohasi vakillari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazish, ikki davlat turizm yarmarkalarida ishtirok etish hamda ikki tomonlama sayyohlar almashish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Uchrashuv davomida ta'lim turizmi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.