Urganch davlat universitetida 3-9 fevral kunlari tashkil etilgan Turizm maktabida Rossiyaning Udmurtiya davlat universiteti va Qozog'istonning X.Dosmuhamedov nomidagi Atyrau universiteti talaba va professor-o'qituvchilari ishtirok etmoqda.
Hamkor oliy ta'lim muassasalaridan tashrif buyurgan xorijlik talabalar Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Turizm kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan o'tkazilayotgan seminarlarda qatnashmoqda. Shu bilan birga, mehmonlar Xiva shahrining "Ichan-qal’a" meʼmoriy yodgorliklari bilan yaqindan tanishdilar.
Universitet Madaniyat saroyida mehmonlar sharafiga konsert dasturi namoyish etildi.