Joriy yilning 20-dekabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan Alisher Navoiy ijodini, boy adabiy merosini chuqur oʻrganish, uning asarlari mazmun-mohiyatini teran anglash maqsadida universitet talabalari ishtirokida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan "Navoiyxon talaba" ko‘rik- tanlovining navbatdagi soni tashkil qilindi.
Tanlov ishtirokchilarning savol-javoblari, bahs-munozaralar va talabalar tomonidan oʻqilgan atoqli shoir Alisher Navoiy lirikasidan namunalar, talabalarning badiiy chiqishlari orqali oʻziga xos koʻtarinki ruhda, 3 shart asosida boʻlib oʻtdi.
Badiiy qism Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 224-guruh talabalarining chiqishlari, Navoiy asarlari asosida tayyorlangan sahna koʻrinishi hamda Navoiy ijodiga mansub gʻazallarga bastalangan kuy-qoʻshiq va go'zal raqslar bilan yanada jonli tus oldi.
Tanlov natijalariga ko'ra quyidagi talabalar g'oliblikni qo'lga kiritdi:
1-o'rin: Odamboyeva Mohichehra (o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 232-guruh talabasi);
2-o'rin: Rahimova Dilrabo (o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 211-guruh talabasi);
3-o'rin: Baxtiyorova Gulshoda (o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 224-guruh talabasi).
Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, yakunda tanlov g'oliblari fakultet dekani, prof. D.G'ayipov hamda fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.