Bugun, 22-dekabr kuni talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilish maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining final soni bo'lib o'tdi. Unda O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.
Tanlov Yangi yil bayramiga hamohang, yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlovda fakultetning 7 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.
Tadbir davomida Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 213-guruh talabalari tomonidan bayramona sho'x kuy-qo'shiqlar, raqslar, turli xil sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlovning final soni gʻoliblari anʼanaga binoan universitet rektorining qimmatbaho sovgʼasi – noutbukni qoʼlga kiritdilar. Gʼoliblarimiz va faol ishtirok etgan talabalar fakultet dekani, f.f.d., professor D.G'ayipov tomonidan taqdirlandi.
Final gʼoliblari:
Madaminova Dilnura – O'zbek tili ta'lim yo'nalishi 211-guruh talabasi;
Mutallapova Olesya – Rus tili ta'lim yo'nalishi 221-guruh talabasi.