Navbatdagi ilmiy-nazariy seminar o'tkazildi

Joriy yilning 17-yanvar kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida "O'zbek adabiyotini o'qitishning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi. 

Ilmiy-nazariy seminar yig'ilishida R.Ganjayevaning "Alisher Navoiy ruboiylari badiiyati", ilmiy-uslubiy seminar yig'ilishida I.Tairovning "Jadidlar ijodini o'qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish" mavzularida ma'ruzalari tinglandi.