2019 yil 29 noyabr kuni Urganch davlat universiteti San’atshunoslik fakultetida Viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda "Harakat xavfsizligi" masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletov, Viloyat IIB YHXB bo‘lim boshlig‘i kapitan M.Berdiev, IIB XTTB YPX inspektori leytenant A.Boltaev, San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari qatnashdilar.