Toshkent viloyatining Chirchiq shaxrida sportning pauerlifting va paralimpiya pauerliftingning “Yotib shtangani ko‘tarish” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi hamkorligida uyushtirilgan musobaqada mamlakatimizning eng sara 80 nafarga yaqin mahoratli sportchisi o‘zlarining polvonlik qirralarini ko‘rsatishdi. Unda “Jismoniy madaniyat” fakulteti 195-gurux talabasi, paralimpiya pauerliftinggi bellashuvlarida Rajapov Xamidjon , 65 kilogramm vazn toifasidagi ishtirokchilar orasida 160 kilogrammlik toshni o‘ziga bo‘ysundirib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar kubok, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.