Joriy yilning 27- fevral kuni soat 10:00 da 338-xonada Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasining "O'zbek adabiyotini o'qitishning dolzarb muammolari" nomli navbatdagi ilmiy-uslubiy seminari bo'lib o'tdi. Seminar yig'ilishida dots. N.Djumaniyozova "Umumta'lim maktablarida mustaqillik davri she'riyatini o'qitish usullari " mavzusida ma'ruza qildi.