Bugun, 1-mart kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan shoira Zulfiyaxonim tavallud kuniga bag’ishlab “Vafo va sadoqat timsoli” mavzusida bayram kechasi tashkil etildi.
Tadbirda shoiraning hayot yo’li davomida qilgan ezgu amallari, uning sermahsul ijodi, o’zbek adabiyotiga qo’shgan ulkan hissasi yana bir karra esga olinib, shoira qalamiga mansub she’rlar o’qildi. Shuningdek, tadbirda talabalar tomonidan namoyish etilgan musiqiy chiqishlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.