Joriy yilning 1–7-mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida Butunjahon yoshlar festivali o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu festivalda O`zbekiston Respublikasi delegatsiyasi hamishtirok emoqda. Ayni vaqtda O`zbekisto Resspublikasi delegatsiyasi tarkibida UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari S.A.Ruzmetov, U.R.Mahmudov va Sh.A.Katayevalar mazkur festivalida qatnashib, festival doirasida tashkil etilgan ko'rgazma, loyiha hamda intellektual viktorinalarda faol ishtirok qilmoqdalar. O`tkazilib kelinayotgan bunday xalqaro festivvallarda Urganch davlat universiteti O`zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari jamoasi muntazam qatnashib o`z bilimlari, tajribalari va mahoratlarini oshirib kelmoqdalar.