Bugun 7-mart ertalabdan barcha fakultetlarning o‘quv binolari 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona bezatilgan holda pedogog- hodimalar ,ishchi-hodimalar va talaba ayol-qizlarimizni universitet professor-o`qituvchilari talaba-yigitlar bilan birgalikda tabrik va sovg‘alar bilan kutib oldilar. Shu bilan bir qatorda, bayram munasabati bilan O`zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi , O`zbek tilshunsligi kafedrasi va O`zbek tili va adabiyoti kafedralari hamjihatlikda bayram sovg`alarini ulashdilar va talabar tomonidan universitet bayram tadbiri o`tkazdilar. Tadbir davomida va universitetning bir qancha fakultetlaridagi professor-o`qituvchilari va pedogog-hodimlar, jumladan, Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti S.Djumaniyazova, Rus tili va adbiyoti kafedrasi o`qituvchisi G. Kutlimuratova faxriy yorliq va esdalik sovg`alar bilan daqdirlandilar. Ularga bayram munosabati bilan bayram oshi tashkil qilindi. Pedogog- xodimalar ko`rsatilgan kattar e’tibor va hurmatdan nihoyatda mamnun bo`lib, o`z minnatdorchiligini bildirdilar.