Shu kunlarda rus xalqining milliy bayrami -“Широкая Масленица” mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilian 15-mart sanasida Urganch davlat universiteti O`zbek filologiyasi fakultetida Filologiya tillarni o`qitish: rus tili ta’lim yo`nalishi 1-3-kurslari talabalari tomonidan bayra munosabati bilan turkum tadbirlar tashkil qilindi. Ko`rgazmada rus xalqining milliy taom va salatlar, turli xildagi pishiriqlar, oshxona jixozlari, o`yinchoqlari bilan milly ruhda bezatilgan dasturxon barchaga xushnudlik ulashdi. Universitet prorektori prof. S.U.Xo`janiyozov, O`zbek filologiyasi fakulteti dekani prof. D.Q.G`ayipov, fakultet professor-o`qituvchilari, magistrantlari va talabar ko`rgazmada va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Tadbirlar 15 mart kuni soat 14:00 da universitet madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadigan badiiy qism va taqdirlash bilan yakunlandi.
Universitetda turli millat vakillarining milliy bayram tadbirlarini o`tkazish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan va bunday tadbirlar muntazam o`tkazib kelinmoqda. O‘ylaymizki, bu kabi bayramlarning nishonlanishi odamlarni yanada mehr-oqibatli bo‘lishga undaydi, millatlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.