Urganch davlat universitetida professor-o’qituvchilar uchun o’quv jarayoniga kredit-modul tizimini to’liq joriy etish, ta’lim sifatini yanada takomillashtirsh, pedagoglarning malakasini oshirish bo’yicha bo’lib o’tayotgan o’quv seminarlar davom etmoqda.
Bugun Kimyoviy texnologiyalar fakultetida tashkil etilgan o’quv seminarda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i K.Bobojonov, Ta'limni kredit tizimini boshqarish va ma'lumotlar bazasini monitoring qilish bo'limi boshlig’i M.Habibullayevlar kredit-modul tizimida oʼquv jarayonini sifatli tashkil etish, nazorat jarayonlarini Hemis tizimida olib borish, nazoratlarni talab darajasida tashkil etish va shaffofligini ta’minlash yuzasidan ma’ruza qilishdi.