Bugun, 25-yanvar kuni Kimyoviy texnologiyalar fakultetida talaba yoshlar ishtirokida "Ogohlikni men qanday his qilaman!" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Uchrashuvda Xorazm viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo'limi xodimlari B.Karimov va U.Nurullayevlar yoshlarga kiberjinoyatchilik va uni oldini olish borasida tushunchalar berib, kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun o’z tavsiyalarini berdilar.
Shuningdek, suhbat davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn buyum sotib olayotganda ehtiyotkor boʻlish va turli firibgarlarning aldoviga ishonib qolmaslikni ta'kidlab, agar mana shunday holat kuzatiladigan boʻlsa, darhol IIB xodimlariga murojaat qilishni aytib o’tdilar.