Bugun, 5-aprel kuni UrDU Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda fakultet va bo'limlar o'rtasida sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha "Universitet birinchiligi" musobaqalari tashkil etildi.O`tkazilgan musobaqalarda O`zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti S.Djumaniyazova ishtirok etib sportning shaxmat turi bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritdi.Musoboqalar natijasiga ko`ra umumjamoa hisobida O`zbek filologiyasi fakulteti 2-o`rinni egalladi.Musobaqa g`oilblar UrDU Kasaba uyushma qo`mitasining diplom va qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlandi.
Musuboqa natijalari:
Fizika-matematika fakulteti jamoasi 1-o`rin;
O`zbek filologiyasi fakulteti jamoasi 2-o`rin;
Sport va san`at fakulteti jamoasi 3-o`rin.