Urganch davlat universitetining Oʻzbek filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilaridan iborat delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Milliy Ilmlar akademiyasi Adabiyot institutida “O‘zbek va ozarbayjon filologiyasining dolzarb masalalari” mavzusida tashkil etilgan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda.
16-aprel kuni ushbu anjumanning sho'balar yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda delegatsiya aʼzolari maʼruzalari bilan qatnashdilar.
Anjuman yakunida Milliy Ilmlar akademiyasi Prezidenti, akademik Isa Habibbeyli hamkorlik uchun qatnashuvchilarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.