Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Dildora Sultanova Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakultetida 1-bosqich talabalari o'rtasida "Vatanimiz taraqqiyoti yo'lida xalqimizga kamarbastamiz" mavzusida insholar tanlovini o'tkazish jarayonida ishtirok qildi.
Talabalarga insho yozish shartlari va o'ziga xos qoidalari yuzasidan ma'lumotlar qayd qilinib, insholar tanlovini o'tkazishda yaqindan yordam berildi. Shuningdek, talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis sifatida yondashilib, fikr-mulohazalar bildirildi.