UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d. A.D.O'razboyev Xorazm MTRKning hazrat Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlangan maxsus dasturida o'z ma'ruzalari bilan chiqish qildi.
Ko'rsatuv davomida Alisher Navoiy o'zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulug' siymolardan biri ekanligi, turkiy va forsiyda ijod qilib, iste'dodli shoir sifatida tanilgani, ijodining mazmun va g'oya ko'lami yuzasidan ma'lumotlar qayd qilindi.
Mutafakkir merosi mavzu va janrlar bo'yicha tahlil qilinib, turkiy adabiyot rivojida asosiy o'rin egallashi aytib o'tildi.