2019 yil 28-iyun kuni Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi o’qituvchisi dots. Babajanov Bazar Atajanovich O’zbekiston Milliy universiteti, Matematika instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.27.06.2017.FM.01.01 raqamli Ilmiy Kengashida “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo’yicha “Differensial va chekli ayirmali operatorlar uchun to’g’ri va teskari masalalar va ularning tadbiqlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvofaqiyatli himoya qildi.