Urganch davlat universitetining barcha kafedralarida ilmiy-nazariy seminarlar muntazam tashkil etilishi yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, "O'zbek tilshunosligi" kafedrasida ilmiy seminarlar har haftaning Payshanba kuni oʻtkazilishi belgilangan.
Bugun kafedra professor-oʻqituvchilari, yosh ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar ishtirokida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy va "Tilshunoslik fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda kafedra o'qituvchisi F.Masharipova"Erkin Samandarning "Sulton Jaloliddin" romanidagi toponimlarning qo'llanilishi xususida", magistrant S.To'liboyeva "Gavhar Ibodullayeva she'riyatidagi leksik birliklarning lingvopoetik xususiyatlari", magistrant G.Erkayeva "Janubiy Qoraqolpog'istondagi shaxsning kasb-kori bilan bog'liq laqablarning leksik-semantik xususiyatlari" mavzulari yuzasidan tadqiqotlarini seminar aʼzolariga bayon qildilar.