UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti S.Ro'zimboyev va kafedra o'qituvchilari F.Masharipova, Z.Madrimovalar O'zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida joriy o'quv yili davomida o'tkazilishi belgilangan tadbirlar rejasi doirasida 5-sonli TTJga tashrif buyurib, talabalar bilan davra suhbati tashkil qildilar.
Uchrashuv bayram munosabati bilan "Navro'zi ayyom muborak!" mavzusida o'tkazildi. Suhbat davomida Navro'z bayramidagi milliy an'analar haqida ma'lumot berildi.