UrDUning O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi H.Sotimova tomonidan O'zbek tili ta'lim yo'nalishi 222-guruh talabalariga "Hozirgi o'zbek adabiy tili" fanidan ochiq dars o'tkazildi.
Mashg'ulot "Yordamchi so'zlar va so'z gaplar tahlili" mavzusida bo'lib o'tdi. Dars avvalida o'tilgan mavzu "Tezkor savol-javob" metodi orqali takrorlandi. Yangi mavzu bayoni turli pedagogik texnologiyalar orqali mustahkamlandi. Dars davomida "Tezkor savol-javob", "Aqliy hujum", "Zanjir", "Zinama-zina", "Krossvord" kabi metodlardan foydalanildi.
Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi F. Masharipova ishtirok qildi.