UrDU rektoriga Belarus davlat texnologiya universitetining ramziy medali topshirildi

30-aprel kuni Birinchi Oʻzbekiston-Belarus professional taʼlim forumi ishtirokchilari Belarus davlat texnologiya universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ushbu oliygohga  tashrif buyurishdi.

O’zaro hamkorlik aloqalalarini kuchaytirishga xizmat qilishi moʻljallangan ushbu tashrif doirasida respublikamizning bir qator oliy taʼlim muassasalari hamda Belarus davlat texnologiya universiteti oʻrtasida hamkorlikning istiqboliga bagʻishlangan muhokamalar boʻlib oʻtdi.

Tashrif doirasida Belarus davlat texnologiya universiteti tomonidan Urganch davlat univeristeti rektori Baxrom Abdullayevga Belarus davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik va ta’limni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi uchun Medali taqdim etildi.