Bugun, 2-may kuni, UrDU O'zbek filologiyasi fakultetida talabalarning "Ilm nihollari – VI" an'anaviy ilmiy-amaliy anjumani o'z ishini boshladi. Unda fakultetning intiluvchan, iqtidorli talabalari uch sho'ba doirasida o'z ilmiy ishlari bilan ishtirok qildi. Anjuman materiallari sho'ba hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Ilmiy-amaliy anjuman soat 14:00 da "Rus tilshunosligi va adabiyotshunosligining dolzarb masalalari" sho'basida davom qildi. Unda Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili ta'lim yo'nalishining izlanuvchan, intiluvchan, qiziquvchan va iqtidorli talabalari o'z ilmiy ma'ruzalari bilan qatnashdi.
Anjuman materiallari sho'ba hakamlar hay'ati a`zolari O`zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari B.Abdullayeva, A.Popova, N.Djumaniyazova, Sh.Katayevalar tomonidan munosib baholab borildi.
Ilmiy-amaliy anjuman natijalariga ko'ra:
"Rus tilshunosligi va adabiyotshunosligining dolzarb masalalari" sho'basida:
1-o'rin: Ataxanova Yulduz
(221- rus guruh).
2-o'rin: Mutallapova Olesya
(221- rus guruh).
3-o'rin: Otajonovga Dinara
(221- rus guruh).